Gepatit A
Gepatit A – gepatovirus A virusi (GAV) tomonidan keltirib chiqariladigan keng tarqalgan yuqumli kasalliklardan biri hisoblanadi. GAV fekal-oral usulda yuqadi. Inkubatsiyon muddati oʻrtacha 30 kunni tashkil etadi. Gepatit A aksariyat holatda asimptomatik boʻladi. Boshqa hollarda isitma, koʻngil aynishi, qusish, ich ketishi, sariqlik va qorinda ogʻriq bilan namoyon boʻlishi mumkin. Jigarga aloqador boʻlmagan belgilari juda kam uchraydi hamda vaskulit, artrit, aplastik anemiya, gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, pankreatit va Giyan – Barre sindromi qoʻshilib kelishi mumkin. Aksariyat bemorlarda 2-6 oy ichida oʻz-oʻzidan tuzalib ketadi. Shu xususiyati bilan gepatit B va Cdan ajraalib turadi. Chunki, bu viruslar surunkali kasalliklarga sabab boʻladi. 1% dan kamroq bemorlarda fulminant jigar yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin va bu jigar transplantasiyasini talab qiladi. Fulminant jigar kasalligi rivojlanishi uchun xavf omillariga bir vaqtning oʻzida gepatit C bilan kasallanganlik hamda homiladorlik kiradi. Klinik jihatdan boshqa virusli gepatitlardan farq qilmaydi. Laboratoriya tekshiruvlarida plazma aminotransferaza fermentlari (ALT ASTga qaraganda ancha baland), bilirubin va ishqoriy fosfataza miqdorining ancha oshishi kuzatiladi. Tashxis qonda GAV immunoglobulin Mni aniqlash orqali tasdiqlanadi. Davolash simptomatik boʻlib, asosan dam olish, koʻp suyuqlik ichish, koʻngil aynishi va ich ketishini bartaraf etishdan iborat boʻladi[1]. EtiologiyasiGepatit A virusi Hepatoviruslar turkumi, Picornaviridae oliasiga mansub, kichik, qobiqsiz, yagona zanjirli musbat RNKli virus hisoblanadi. Oshqozon kislotasi, issiqlik va kimyoviy moddalarga chidamli boʻlib, dengiz suvi va chuchuk suvda oylab turishi mumkin[1]. EpidemiologiyasiSimptomatik GAV infeksiyalari bilan yiliga 1.4 mln odam kasallanadi. VirologiyaGepatit A virusining 1 ta serotipi va 7 ta genetik guruhlari tasvirlangan boʻlib, shulardan toʻrttasi odamda va uchtasi primatlarda kasallik keltirib chiqaradi[2].
Odam va boshqa umurtqali hayvonlar xoʻjayin vazifasini oʻtaydi. Virus fekal-oral va qon orqali yuqadi. Yutilganidan keyin ichak yoki ogʻiz-halqum epiteliysi orqali qonga tushadi. Qon orqali virus jigarga boradi va jigar gepatotsitlari va makrofaglarida joʻpayishni boshlaydi. Virus replikatsiyasi sitoplazmada sodir boʻladi. Hujayraga kirishi xoʻjayin retseptorlariga bogʻlanishi va endotsitoz orqali amalga oshiriladi. Virus lizis yoki viroporinlar orqali hujayrani tark etadi. Virionlar jigardan oʻt suyuqligiga, u yerdan ichaklarga quyiladi.
Belgi va simptomlariKlinik belgilari yoshga qarab oʻzgarib turadi bunda 6 yoshdan kichik bolalarda uchrasa, 30% hollatlarda simptomlar kuzatilsa, kattalarda bu koʻrsatkich 70%ni tashkil etadi. Simptomatik bemorlarda kasallik quyidagi fazalarda namoyon boʻladi[3]. Sariqlik oldi fazasiSariqlik fazasi oʻrtacha 5-7 kun davom etadi.
Sariqlik fazasiSariqlik fazasi 4-30 kun davom etadi.
Boshqa kam uchrovchi belgilari
TashxisTashxis sariqlik, siydikning qorayishi, qorinda bezovtalik, isitma, holsizlik, koʻngil aynishi, ich ketishi belgilari kuzatilgan odamda gumon qilinishi shunga asosan tekshiruv ishlarini talab qiladi. Tashxisni qonda GAV IgM antitanalarini aniqlash orqali tasdiqlanadi. IgM antitanalari oʻtkir gepatit A dan keyingina rivojlanadi va infeksiyadan 1-2 hafta oʻtib va 14 hafta turadi[4]. Differensial diagnostikaDifferensial tashxis boshqa virusli infeksiyalar, bakteriyali infeksiyalar, autoimmun kasalliklar, parazitlar, doridan zaharlanishlar, ishemik gepatit va Bad–Xiari sindromidan qilinadi. DavolashGepatit A bilan infeksiyalangan bemorlarga faqat simptomatik terapiya qilinadi. Bemor koʻp dam olishi, yetarlicha ovqat va suyuqlik ichishi, gepatotoksik mahsulotlar masalan alkogol va paratsetamol isteʼmol qilmaslik kerak. Agar bemor koʻp miqdorda qayt qilsa, antiemetik beriladi. Gepatit A uchun birorta maxsus antivirus preparat mavjud emas. ProfilaktikasiGepatit Adan vaksinatsiya, gigienaga rioya qilish va toza suv va ovqat isteʼmol qilish orqali himoyalanish mumkin. EmlashIkki turdagi vaksinalar biri inaktivatsiyalangan Gepatit A va biri tirik ammo kuchsizlantirilgan Gepatit A virusini tutadi. Har ikkala vaksina ham virusga qarshi faol immunitet hosil qiladi. Vaksina 25 yildan ortiq muddatga 95% dan ortiq holatda oʻz kuchini yoʻqotmaydi[5][6]. Manbalar
Information related to Gepatit A |
Portal di Ensiklopedia Dunia