Vaskulit

Vaskulit (lotincha: vasculum — tomircha) — qon tomirlari devorining yalligʻlanishi. Kelib chiqishiga koʻra birlamchi va ikkilamchi V. farq qilinadi. Ikkilamchi V.ga yuqumli (toshmali terlama, skarlatina, sepsis va b.), sistemali (revmatizm, sistemali qizil yuguruk va b.), shuningdek toksiko-allergik (gripp, angina va hokazo) kasalliklar sabab boʻladi. V.ga asosan isitma (isitma har gal yangi qon tomiri yalligʻlanganda xuruj qilib turadi), qon quyilishi, toshmalar toshishi, kasallangan tomir sohasidagi terining jonsizlanishi xos. Tomirlarda tromblar (trombovaskulit), nevrozlar vaanevrizma paydo boʻlishi mumkin. Davo V.ga sabab boʻlgan asosiy kasallikni bartaraf etishdan iborat.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Information related to Vaskulit

Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9

Portal di Ensiklopedia Dunia

Kembali kehalaman sebelumnya