Bu turnir shunisi bilan tarixda qoladiki, Qoʻshma Shtatlardek terma jamoa (rekord oʻrnatib ketma-ket 14 marta final bosqichlarida ishtirok etib kelgan edi) final bosqichiga chiqolmaganligidir. [4]
Mezbon davlatni tanlash
Mezbonlikka davogar rasmiy ravishda 2 ta davlat bor edi:
Lua xatosi in Modul:Location_map/multi at line 27: Unable to find the specified location map definition: "Module:Location map/data/Birlashgan Arab Amirliklari" does not exist.
Qurʼa tashlash marosimi 2013-yilning 26-avgustida Abu Dabi shahridagi Bab Al Bahr mehmonxonasida boʻlib oʻtdi.[10][11]
Oldingi qurʼa qoidalariga mos ravishda, mezbon davlat Birlashgan Arab Amirliklari, FIFA tomonidan 'A1' tarzida tanlanishini maʼlum qildi. [12] AFC, CAF, CONCACAF, CONMEBOL va UEFA konfederatsiyalarining qitʼa gʻoliblari, qolgan 5 ta guruhlarga qurʼa orqali ajratildi. Bitta konfederatsiyadan boʻlgan terma jamoalar bitta guruhga tushmaydi.
Logotip konkursi 2013-yil 5-martida ochildi, mahalliy tashkilot qoʻmitasi bu tadbirga futbolchi Umar Abdulrahmonni "brand elchi" sifatida tayinlanishini soʻradi.[13]
13-mayda mahalliy jurnalistlarga, lochin qushi, yaʼni "Shaqran" tanishtirilganidan keyin, jahon chempionatining tumpori etib belgilandi.[15]
Guruh bosqichi
Guruhlarning birinchi va ikkinchi oʻrinlari hamda eng yaxshi natijali 4 ta uchinchi oʻrinni egallagan terma jamoalar nimchorak (1/16) finalga yoʻllanma olishadi.[16]
Har bir guruhning har bir terma jamoasi quyidagicha saralab olinadi:
Barcha guruh oʻyinlarida qoʻlga kiritilgan ochkolar;
Barcha guruh oʻyinlarida erishilgan toʻplar nisbati;
Barcha guruh oʻyinlarida kiritilgan gollar soni;
Agar ikki yoki undan ortiq terma jamoalar yuqoridagi kriterialar boʻyicha teng kelsa, unda quyidagi yoʻl bilan saralab olinadi:
Guruh bahslarida qarama qarshi kechgan oʻyinda olingan ochkolar;
Guruh bahslarida qarama qarshi kechgan oʻyindagi toʻplar nisbati;
Guruh bahslarida qarama qarshi kechgan oʻyinda kiritilgan toʻplar soni;
FIFA Tashkiliy Qoʻmitasi orqali qurʼa tashlash yoʻli bilan.