Terminator-2 (TQJM)
"Terminator-2" (TQJM-72) — T-72 tankining shassisi asosida ishlab chiqarilgan tanklarni qoʻllab-quvvatlovchi jangovar mashinasi (TQJM); "Terminator" TQJMning birinchi moduli bilan parallel ravishda rivojlantirilgan modeldir. Yangi jangovar transport vositasi yuqori darajadagi xavfsizlik, oʻq otish kuchi va boshqariluvchanlikka ega. Shuningdek, avvalgi modeldan farqli jihati shuki, uning qurollar tizimida avtomatik granata otish moslamalari mavjud emasligi, ekipajini besh kishidan uch kishiga qisqartirishga imkon beradi[1]. Kuchli va koʻp qirrali qurollar tufayli u dushmanning oʻq otish nuqtalari va istehkomlarini samarali ravishda yoʻq qilishga, piyoda askarlar tomonidan unga qarshi qoʻllanadigan granata otish moslamalari va tankga qarshi tizimlarni yoʻq qilish, shuningdek, jangovar tanklar, piyoda jangovar mashinalari va dushmanning boshqa zirhli nishonlarini yoʻq qilishga qodir[2]. TaqdimotiUning prototipi ilk marta «Russian Arms Expo-2013» koʻrgazmasida taqdim etilgan. Mashinaning ikkinchi taqdimoti esa 2015-yil 16–19-iyun kunlari Kubinkadagi „Patriot“ bogʻidagi «Armiya-2015» xalqaro harbiy-texnik forumida boʻlib oʻtgan[3]. KonstruktsiyasiTanklarni qoʻllab-quvvatlaydigan jangovar transport vositasining yangi versiyasi T-72 tankining shassisi asosida ishlab chiqarilgan. Ekipaj aʼzolarining joylashuv tartibi aynan T-72 bilan oʻxshashdir[4]. Tankning qurol-yarogʻ tizimi ikkita 30 mm avtomatik toʻp, boshqariladigan qurol tizimi va bitta 7,62 mm tank pulemyotidan iborat. Terminator-2 minorasining yon tomonlarida ikkita zirhli korpus oʻrnatilgan boʻlib, ular ichida 9M120-1 yoki 9M120-1F/4 boshqariladigan raketalari boʻlgan tashish va uchirish konteynerlari oʻlrnatilgan. Ushbu raketalar 6 kilometrgacha boʻlgan masofadagi zirhli nishonlarni urishga qodir. Raketalarni boshqarish uchun B07S1 vositalar majmuasi qoʻllanadi. TQJM-72 avtomatining oʻt ochish tizimi oʻqchi va komandirning nishonlari, lazer masofa oʻlchagichlari, ballistik xisoblagichlar va qurol stabilizatoridan iborat. Mashina komandiri televizor va termal tasvir kanallari bilan birlashtirilgan panoramali ko'rsatuvchi nishonga olish tizimiga ega. Nishonni koʻrish maydoni ikki tekislikda ham barqarorlashtirilgan. Komandirning koʻrish moslamasi shuningdek, lazer masofa oʻlchagich bilan ham jihozlangan. Pulemyotchi optik va termal tasvirlash kanallari bilan koʻrish imkoniyati bor. Ushbu koʻrish moslamasi ikki tekislikda barqarorlashtirilgan koʻrish maydoniga ega, shuningdek, lazer masofa oʻlchagich va tankga qarshi raketalarni lazer bilan boshqarish tizimi bilan jihozlangan. Televizion kanaldan foydalanganda ishlatiladigan nishonga olish uskunasi komandirga dushman tanklarini taxminan 5 kilometr masofada tanib olish imkonini beradi. Kechasi, termal tasvirlash tizimidan foydalanganda, tanib olish diapazoni 3,5 km gacha kamayadi. Asosiy qurollar
Yordamchi qurollar
TQJM-72 konstruktsiyasining asosiy elementlari tashqaridan koʻrinishi: korma va dvigatel boʻlinmasi (orqa tomondan koʻrinish), nazorat qilish asboblari va tutun toʻsiqlari bilan jihozlangan jangovar modul platformasi (oʻng tomondan old koʻrinish) aylanadigan jangovar modul platformasi (chap tomondan orqa koʻrinish), qurol-yarogʻ va old zirhi (oldi tomon koʻrinish)
TQJM-72 turli rakurslardan koʻrinishi
Operatorlar
Jangovar foydalanish2022-yil 15-mayda bir nechta "Terminator-2" TQJM Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi paytida Severodonetsk hududida mexanizatsiyalashgan kolonnaning bir qismi sifatida harakatlangani koʻrilgan. Reytinglar
"Argumenti i Fakti" gazetasi ushbu mashinani Rossiya harbiy-sanoat kompleksi ishlanmalarining „tub burulish yasagan loyihalar“ qatoriga kiritadi[9]. Rivojlanish istiqbollariUralvagonzavod, SSSR va Rossiyada ushbu loyiha boʻyicha olib borilgan koʻplab ishlanmalar va tadqiqotlarni hisobga olgan holda, ammo va 57 mmli toʻpga ega «Armata» platformasidagi jangovar modul asosida (AU220M Baykal) loyihani ishlab chiqishda davom etmoqda[10].
VideooʻyinlardaTQJM-72 «Armored Warfare: Project Armata» kompyuter oʻyinida namoyish etilgan[12]. Manbalar
Havolalar
|
Portal di Ensiklopedia Dunia