South Park
South Park (Janubiy Park; talaffuzi: /saʊθ pɑːrk/) Trey Parker va Matt Stone tomonidan yaratilgan Amerika multserialidir. Comedy Central kanalida 1997-yildan beri efirga uzatiladi. Serial mashhur shaxslar va voqealarni mutoyiba va satira yordamida parodiya qiladi. Multserial asosida 1999-yilda South Park: Bigger, Longer & Uncut nomli toʻliq metrajli animatsion film ham ishlangan. MazmuniSerialdagi voqealar Colorado shtatining South Park shaharchasida boʻlib oʻtadi. Bosh qahramonlar oʻlaroq toʻrt nafar maktab bolasi — Stan, Kyle, Eric va Kennylar qatnashadi. Multfilm ijtimoiy, diniy, siyosiy muammolarni hajv bilan yoritadi, illatlarni fosh qiladi (masalan, NAMBLA haqidagi qismda bachabozlik qattiq tanqid ostiga olingan). Serialda tez-tez soʻkinish eshitilishi va jinsiy aloqaga oid mavzular eslatilishi tufayli 18 yoshdan kichik boʻlganlarga tavsiya etilmaydi. Ishlab chiqarishMultfilm ikki oʻlchamli sodda animatsiyadan iborat. Avval boshda Parker va Stone rangli qogʻozlarni qirqish bilan serialni ishlab chiqarishgan boʻlishsa, hozirda kompyuter grafikasi yordamidan foydalanishadi. Asosiy qahramonlar
Qismlar
Manbalar
HavolalarInformation related to South Park |
Portal di Ensiklopedia Dunia