Olim Navkarov
Olim Navkarov (tugʻ. 1983-yil 30-mart, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek futbolchisi, hujumchisi. 2010—2011-yillarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 11 oʻyin oʻtkazib, ikkita gol urgan[1]. HayotiOlim Navkarov 30-mart 1983-yil Toshkent shahrida tavallud topgan[2]. FaoliyatiOlim Navkarov faoliyatini 2004-yilda Toshkentning „Traktor“ jamoasida boshlagan. 2007-yilgacha ushbu klubda oʻynagan. Keyin Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasida uch mavsum toʻp surgan[3], 2010-yilda u „Qizilqum“da ijara asosida oʻynagan. Keyin „Andijon“, Samarqandning „Dinamo“si, yana Toshkentning „Lokomotiv“, „Olmaliq“, yana „Qizilqum“da oʻynadi.[4] 2015-yilda Olim „NBU-Osiyo“ klubida Birinchi ligada ishtirok etgan[5].[6] 2016-yilda ham Birinchi liga jamoalari: „Oqtepa“ va „Nurafshon“da oʻynagan.[7] 2010-yildan Olim Navkarov Oʻzbekiston terma jamoasiga jalb etila boshlandi. Bir qator oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushgan. Shuningdek, 2011-yil yanvar oyida Oʻzbekiston terma jamoasi bilan birgalikda 2011-yil Qatarda boʻlib oʻtgan Osiyo kubogida ishtirok etib, Oʻzbekiston terma jamoasi yarim finalga qadar yetib bordi[5]. Olim Navkarov Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida jami 11ta oʻyin oʻtkazib, 2ta gol urgan[3]. Manbalar
HavolalarInformation related to Olim Navkarov |
Portal di Ensiklopedia Dunia