Ivan Fatić
Ivan Fatić (kirillcha: Ivan Fatiћ; talaffuzi: Ivan Fatich; 1988-yil 21-avgustda tugʻilgan) — chernogoriyalik sobiq futbolchi. Himoyachi va yarim himoyachi sifatida oʻynagan. Rudar Plyevlyaning yosh toifadagi klubi murabbiyi Klub faoliyatiFatić faoliyatini Red Star Belgrad klubida boshlagan. Keyinchalik Chiasso, Chievo klublarida oʻynagan. 2007-yilning 4-iyulida A Seriyasi vakili boʻlmish „Internazionale“ klubiga 170 000 yevro evaziga oʻtgan[2]. Oʻzining ilk proffesional klubidagi rasmiy debyutini 2007-yil 19-dekabrda Regjina Calsio klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. 2008-yil 9-iyunda „Internazionale“ Fatićni 2008—2009-yilgi mavsum uchun Vichensaga ijaraga berganini eʼlon qildi[3]. 2009-yilning iyun oyida Chievo „Inter“ning futbolchidagi 50% ulushini sotib oldi. Keyin „Genoa“ himoyachi huquqlarining yarmini „Chievo“dan sotib oldi. Bu Diego Milito va Thiago Mottaning „Internazionale“ga oʻtishi kelishuvning bir qismi boʻlgan[4]. Oʻsha paytda uning shartnoma qiymatining yarmi 200 000 yevroga baholangan[5]. U „Genoa“da bir mavsum oʻtkazdi va 3-5-2 sxemasida himoyachi va qanot himoyachisi sifatida oʻynadi. 2010-yilning 26-iyulida Fatić bilan birgalikda egalik qilish shartnomasi yangilandi va shartoma boʻyicha Ivan Genoada qolishi kerak edi[6]. Biroq, 2010-yil Cesenaga ijaraga berildi. Klub bilan faqatgina 2010—2011-yilgi mavsumda oʻynadi[7]. 2011-yil iyun oyida Chievo Fatićni 200 000 yevroga sotib oldi. Oʻsha haftada „Genoa“ ham himoyachi Francesco Acerbini „Chievo“ga 2 million yevroga sotib, Kévin Constant „Genoa“ga 7,8 million yevroga oʻtgan edi. 2011-yil 31-avgustda Fatić Empoli klubiga oʻtdi[8][9]. Empolidan qaytgach, Hellas Verona FCga ijaraga berildi[10][11]. 2013-yil 31-yanvarda U. S. Lecce klubiga oʻtdi[12]. 2013-yilning 28-iyulida Fatić 2+1 yillik shartnoma asosida „Voyvodina“ga qaytdi[13]. 2013-yil 10-oktyabrda shartnoma bekor qilindi[14]. 2014-yil noyabr oyida Malayziya Superligasi vakili Sarawak FA bilan shartnoma imzoladi. 2016-yilning 1-iyulida Bosniyaning „Slobodan Tuzla“ klubiga o‘tdi. Mavsum oxirida Shkupiga oʻtdi. 2018—2019-yillarda Samptedia klubida oʻynadi. Shu mavsum Oʻzbekiston superligasi vakili Buxoro klubi bilan shartnoma imzoladi Xalqaro faoliyatiFatić Chernogoriya terma jamoasi safida debyutini 2009-yil iyun oyida FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Kiprga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Terma jamoada jami 6 ta oʻyinda maydonga tushib, birorta ham gol urolmagan[15]. Manbalar
Information related to Ivan Fatić |
Portal di Ensiklopedia Dunia