Idaho bayrogʻi
Idaho bayrogʻi (inglizcha: Flag of Idaho) — AQShdagi Idaho shtatining ramzlaridan biridir. Bayroq oʻrtasida davlat muhri tasviri tushirilgan koʻk rangli panno va uning ostida qizil fonda zarhal harflar bilan „Idaho shtati“ yozuvi tushirilgan tilla lentadan iborat. Rasmiy tavsifga koʻra, bayroqning qirralari oltin rangda chizilgan boʻlishi kerak, ammo bu bayroqning koʻplab tasvirlarida kamdan-kam qoʻllanadi.
Bayroq markazidagi muhrda konchi va ayol tasvirlangan bo‘lib, u tenglik, erkinlik va adolat ramzidir. Muhrda ramziy maʼnoda Idaho shtatining baʼzi tabiiy resurslari: minerallar, oʻrmonlar, qishloq xoʻjaligi yerlari, yovvoyi tabiat tasvirlangan. Bayroq 1899-yilda Ispaniya-Amerika urushi paytida 1-Idaho piyoda askarlari tomonidan ishlatilgan bayroq asosida yaratilgan. Bayroq 1907-yil 12-martda qabul qilingan va 1957-yilda biroz oʻzgartirish kiritilgan. 2001-yilda Shimoliy Amerika Veksillologik tashkiloti AQShning barcha shtatlari va hududlari (Kolumbiya okrugi bilan birgalikda), shuningdek, Kanada provinsiyalari bayroqlarining dizayni boʻyicha soʻrov oʻtkazdi. Unda Idaho bayrogʻi 72 bayroq ichida 64-oʻrinni egallagan[2]. Manbalar
Information related to Idaho bayrogʻi |
Portal di Ensiklopedia Dunia