I Need a Doctor
„I Need a Doctor“ („Menga shifokor kerak“) amerikalik reper Dr. Drening Eminem va Skylar Grey bilan hamkorlikda ijro etgan qoʻshigʻidir. Qoʻshiqqa Alex da Kid produserlik qilgan. 2011-yilning 1-fevralida iTunesda eʼlon qilingan. Musiqiy jihatdan „I Need a Doctor“ rep janridagi qoʻshiq hisoblanadi. Qoʻshiq matni Dr. Dre va Eminem oʻrtasidagi doʻstlik munosabati haqidadir. Qoʻshiq relizidan bir necha oy oldin Internetda tarqalib ketgan boʻlishiga qaramay, savdosi chaqqon boʻldi. 2011-yilgacha tarona birgina AQShning oʻzida 2 206 000 marta raqamli nusxada sotilgani ortidan Amerika ovoz yozish assotsiatsiyasi (inglizcha: Recording Industry Association of America) tomonidan platina sertifikati bilan taqdirlangan. Bundan tashqari, ashula Billboard Hot 100 chartida toʻrtinchi pogʻonagacha koʻtarilgan hamda Dr. Drening shu chartda ikkinchi eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan qoʻshigʻiga aylangan. Treklar roʻyxati
Chartlar
Reliz tarixi
Manbalar
HavolalarInformation related to I Need a Doctor |
Portal di Ensiklopedia Dunia