Assim Madibo
Assim Omer Al Haj Madibo (1996-yil 22-oktyabrda tugʻilgan) — qatarlik futbolchi, Qatarning “Al-Duhail” klubida va Qatar terma jamoasi safida himoyachi vazifasida toʻp suradi. Klubdagi karyerasiMadibo ilk futbolchilik faoliyatini AJ Auxerre klubida boshlagan[3]. 2015-yilda Qatardagi Aspire akademiyasini tamomlagan. 2015-yil yanvar oyida Madibo Avstriyaning LASK Linz klubining kattalar jamoasi safiga borib qoʻshiladi. U professional ligadagi ilk debyutini 2015-yilning 13-avgustida Avstriya chempionatining Lustenau klubiga qarshi oʻyinda o‘tkazadi. 2016-yil yanvar oyida u klubni tark etib, Cultural Leonesa klubiga borib qoʻshiladi[4]. Keyinroq maʼlum boʻlishicha Madibo 2017-yilning iyul oyida Belgiyaning birinchi A divizioni vakili "Eupen"ga Cultural Leonesa klubidan bir mavsumga ijaraga olinadi[5]. Assim Madibo hozirda "Al Duhail" jamoasi safida oʻynamoqda. Asosiy pozitsiyasi: yarim himoyachi. Asosiy tarkibdagi oʻyinlar soni: 23 tani tashkil etadi. Transfer bozorida futbolchi Assim Madiboning hozirgi taxminiy bahosi 555 000 yevroni tashkil etadi, bu transferlarning oʻrtacha bozor narxidan oshib ketadi. Shu kunga qadar Assim Madibo "Al Duhail" jamoasi safida 25 ta oʻyinda ishtirok etdi. Xalqaro karyerasiQatarda sudanlik oilada tugʻilgan Madiboda Qatar yoki Sudan futbol terma jamoalaridan istalgan birini tanlash imkoniyatiga ega edi va u Qatar vakili sifatida toʻp surishni afzal koʻrdi. Madibo oʻz mamlakatining turli yosh guruhlarida maydonda harakatlangan. U 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi 2014-yilgi Osiyo chempionatida Qatarning 19 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasi aʼzosi boʻlgan va Qatar bilan chempionlikni qoʻlga kiritgan. U 2015-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida Qatarning 20 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasi safida ham oʻynagan. Yutuqlar![]() Al-Duhayl
Qatar U19
Qatar
Manbalar
Havolalar
Information related to Assim Madibo |
Portal di Ensiklopedia Dunia